Yangi oʻzbek alifbosiga oʻgirgich

Kirill yoki eski lotin yozuvidagi matn, Word, Excel va PowerPoint fayllarni Ş, Ç, Ö, Ğ harfli alifboga oʻgiradi. Bepul, roʻyxatdan oʻtishsiz, fayl kompyuteringizdan chiqmaydi.

2026-yil 21-oktabrda imzolangan qonun asosida: 28 harf va tutuq belgisi.

Matn va hujjat oʻgirgichi

Matnni chap oynaga qoʻying yoki faylni pastga tashlang. Natija oʻng tomonda chiqadi, oʻzgargan harflar koʻk rangda belgilanadi. Qaysi fayllar qabul qilinadi

Yangi alifboda

    Hujjatni buzmasdan oʻgiradi. Faqat harflar almashadi.

    Office fayllarni oʻgiradi

    Word, Excel va PowerPoint fayllarda shrift, jadval, rasm va izohlar oʻz joyida qoladi.

    Excel formulalarini saqlaydi

    Formula ichidagi matn katak bilan birga oʻgiriladi, Excel faylni ochganda qayta hisoblaydi.

    Havola va emailga tegmaydi

    Sayt manzili, email, @username va fayl nomlari oʻzgarmaydi, chet soʻzlar alohida belgilanadi.

    Х va Ҳ xatolarini tuzatadi

    Klaviaturada ҳ yoʻqligi uchun yozilgan Рахимович Rahimoviç boʻladi, tuzatilgan ism alohida belgilanadi.

    145 229 soʻzda sinalgan aniqlik

    Gazeta.uz'dagi 152 ta maqola va Konstitutsiyaning kirill va lotin variantlari Harfchi'dan oʻtkazildi va soʻzma-soʻz solishtirildi.

    99,86%

    soʻz ikkala variantda bir xil chiqdi

    145 229

    soʻz solishtirildi

    56

    qiyin holat sinovdan oʻtadi

    3,4 s

    5 MB matnni oʻgirish vaqti

    Nima qoʻlda tekshiriladi

    • Lotin yozuvidagi chet soʻzlar: ular oʻzgartirilmaydi va belgilanadi.
    • Х→ҳ tuzatilgan ismlar: pasportdagi yozilishi boshqacha boʻlishi mumkin.
    • Rasmiy imlo qoidalari hali chiqmagan soʻzlar, masalan, premyera yoki premera.

    Fayl kompyuteringizdan chiqmaydi

    Oʻgirish brauzeringiz ichida bajariladi. Sayt faqat oʻz kodini yuklaydi, hujjatingiz hech qayerga yuborilmaydi.

    • Sahifa ochilgandan keyin internetsiz ham ishlaydi.
    • Roʻyxatdan oʻtish va parol kerak emas.
    • Reklama va kuzatuv kodi yoʻq.
    Maxfiylik haqidagi savollar

    Savollar

    Xato topsangiz yoki soʻz notoʻgʻri oʻgirilsa, yozing: u keyingi versiyada tuzatiladi.

    Xato haqida yozish

    Harfchi pullikmi?

    Yoʻq, bepul. Roʻyxatdan oʻtish ham kerak emas.

    Hujjatim serverga yuboriladimi?

    Yoʻq. Fayl brauzeringizda ochiladi, oʻsha yerda oʻgiriladi va yangi nusxa kompyuteringizga saqlanadi.

    Qaysi fayllarni oʻgiradi?

    Word (.docx), Excel (.xlsx), PowerPoint (.pptx), .txt, .csv, .srt va .md. PDF va eski .doc fayllarni avval .docx qilib saqlang.

    Yangi alifbo qachon kuchga kiradi?

    Qonun 2026-yil 21-oktabrda imzolangan va rasmiy eʼlon qilinganidan olti oy oʻtib kuchga kiradi.